“Qozog‘iston ushbu tranzitdan va tranzitdan mablag‘ olish, umuman, Markaziy Osiyo mintaqasida energiya ta’minoti ishonchliligini oshirish nuqtayi nazaridan manfaatdor”, — dedi Qozog‘iston energetika vaziri Satkaliyev.
2022 yilning noyabr oyida Rossiya Qozog‘iston va O‘zbekistonga Rossiya gazini ushbu davlatlar orqali tashishni nazarda tutuvchi “uch tomonlama gaz ittifoqi” tuzishni taklif qilgan edi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Energetika vaziri boshqa davlatlardan gaz sotib olish hech qanday ittifoq tuzmasdan, “oldi-sotdi” shartnomasi orqali amalga oshirilishini ma’lum qilgan edi.
2023 yil 24-yanvar kuni O‘zbekiston Energetika vazirligi va "Gazprom" kompaniyasi o‘rtasida gaz sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolangan edi. Unga muvofiq tomonlar o‘rtasida tuzilgan ishchi guruh Qozog‘iston va O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi “O‘rta Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali gaz tranzitini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan texnik chora-tadbirlarni o‘rganadi.
Alohida ta’kidlash joizki, Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha ushbu shartnoma O‘zbekistonga gaz yetkazib berish bo‘yicha eng tezkor va kam xarajatli usul hisoblanadi, chunki uni amalga oshirish uchun sobiq SSSR davrida qurilgan va ayni damda foydalanilmayotgan “O‘rta Osiyo – Markaz” gaz quvuri trubalaridan biridan revers usulida foydalanish nazarda tutadi.