TOShKENT, 31-may — Sputnik. Yangi Toshkent shahrini barpo etish maqsadida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan jami 19729,4 gektar yer maydoni ajratilmoqda.
Toshkent viloyati yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasidagi yangiliklar haqidagi rasmiy kanal xabariga ko‘ra, shundan 12905,7 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari va 6823,7 gektar boshqa yer toifasidagi yerlardir.
Mazkur yerlardan foydalanuvchilar esa 772 tani tashkil etmoqda. Jumladan:
fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari yerlari – 13185 gektar (242 ta);
yordamchi xo‘jaliklar va issiqxona yerlari – 203,8 gektar (49 ta);
dehqon xo‘jaliklari – 323,5 gektar (100 ta);
o‘zga yerdan foydalanuvchilar – 2263,2 gektar (379 ta);
aholi tomorqalari – 3012,6 gektar;
mahalliy hokimiyat zaxirasidagi yerlar – 60,5 gektar (2 ta);
kanallar va yo‘llarga ajratilgan yerlar – 680,5 gektar.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni Yangi Toshkent shahri qurilishiga tamal toshi qo‘ygan edi. Uni Chirchiq va Qorasuv darolari oralig‘ida qurish rejalashtirilgan. Yangi Toshkent loyihasi doirasida 20 ming gektarda 1 million aholi yashashi uchun qulay sharoit yaratiladi va shunga mos infratuzilma bilan ta’minlanadi. Davlat idoralari, Yangi O‘zbekiston universiteti, Milliy kutubxonaning yangi binolari, teatr, ijod maktablari, savdo va servis markazlari ham shu yerda joylashadi.