TOShKENT, 31-may — Sputnik. Ozarbayjonda O‘zbekistonning boy madaniy merosi va sayyohlik salohiyati namoyish etildi. Bu xaqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Tadbir Ozarbayjon Mustaqilligi kuni munosabati bilan hamda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini ommalashtirish, mamlakatga xorijlik sayyohlar oqimini yanada oshirish maqsadida o‘tkazildi.
Bogatoe kulturnoe nasledie i turisticheskiy potensial Uzbekistana bili predstavleni v Azerbaydjane
© "Dunyo" IA
Taqdimot “Azeri Home Chef” jamoatchilik guruhi va “Turizm va milliy oshxonani rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” nodavlat-notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbirda Boku turistik kompaniyalari vakillari, ozarbayjonlik blogerlar, madaniyat va san’at sohasi vakillari hamda boshqa ko‘plab san’at ihlosmandlari ishtirok etishdi.
Mehmonlar o‘zbek milliy oshxonasining an’anaviy taomlarini ta’tib ko‘rish bilan bir qatorda, o‘zbek xalqi amaliy san’ati ko‘rgazmasi namoyondalaridan ham bahramand bo‘lishdi. O‘zbek stendidan hunarmandlarning kulolchilik, yog‘och o‘ymakorligi, zardo‘zlik namunalari ham joy oldi.