TOShKENT, 29-may — Sputnik. Rossiya G‘arbiy harbiy okrugining “Solsepok” og‘ir o‘tochar reaktiv tizimi bitta termobarik snaradi bilan Donbassdagi Ukraina tayanch punktini yakson qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Svatovo yo‘nalishida harbiylar buyruq olishgan va pozitsiyaga chiqib, dushman punktini nishonga olishgan.
“Nishon birinchi o‘q uzishdayoq yakson qilindi va bu juda ajoyib natija”, - deyilgan xabarda.
Tayanch punktda bo‘lgan dushman harbiylari ham yo‘q qilingan.
"Solnsepok" Rossiyaning eng kuchli qurollaridan biri bo‘lib, tizim piyoda va zirhli texnikani qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan.
U 24 ta 220 millimetrli termobarik va yondiruvchi snayadlar bilan jihozlangan bo‘lib, 600 metrdan 10 km gacha zarba berish quvvatiga ega. Termobarik snaradlar gazsimon bulut hosil qiladi va uni portlatib yuboradi. Natijada qisqa vaqt ichida atrofdagi butun kislorod yonib ketadi. Zarba berilgan hududda havo harorati va bosimi keskin ko‘tariladi.
"Solnsepok" yo‘q qilish darajasi bo‘yicha taktik yadro qurollaridan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Uning termobarik snaradlari istehkomlarda yashiringan dushmanni bir zarbada juda katta bosim va harorat bilan jismoniy yo‘q qilishi va ruhan sindirishi mumkin. Dunyoda uning muqobil va undan himoya qiluvchi vosita yo‘q.