TOShKENT, 29-may — Sputnik. Razanda hokimiyat va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari ko‘magida 23-25 may kunlari ilk bor "Madaniyatlar sintezi" etnik madaniyat festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Musofir Telegram-kanali xabar qildi.
Tadbir “Olmaz” o‘zbek milliy-madaniy tashkiloti tomonidan tashkil qilindi.
© Sputnik
Tadbirning birinchi kunida mehmonlarga “Fashion with an accent” yangi brendi taqdim etildi hamda professional va havaskor dizaynerlar, milliy jamoat tashkilotlari, Razan xalq amaliy san’ati institutining kattalar va bolalar uchun etnik va zamonaviy liboslari to‘plamlari taqdim etildi.
© Sputnik
Ikkinchi kun dasturida an’anaviy Razan libosining kelib chiqishi, tarixiy va zamonaviy libosdagi Mixaylovskiy to‘rlari, o‘zbek do‘ppisining maxfiy kodlari haqida ma’ruzalar tinglandi.
© Sputnik
Buxoro (O‘zbekiston), Vladikavkaz (Osetiya) va Yekaterinburgdan moda va go‘zallik sanoati ijodkorlarining video tabriklari namoyish qilindi.
© Sputnik
3 kun davomida ko‘rgazma-yarmarka va “Plov62” bufeti ishladi.
© Sputnik
Ochilish marosimida tashkilotchilar va eng faol ishtirokchilar Razan viloyati hududiy siyosat vazirligining faxriy yorliqlari va sovg‘alar bilan taqdirlandi.