Qo‘l jangi: Namangandagi turnirda o‘zbekistonlik polvon rossiyalikdan ustun keldi — foto

Namanganda qo‘l jangi bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Namangan viloyati markazidagi “Afsonalar vodiysi” tematik parkida Qo‘l jangi bo‘yicha chempionlar ligasi xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Xabarga ko‘ra, musobaqani qo‘l jangi bo‘yicha xalqaro federatsiya vakillari, Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzaqov ochib bergan.
“Ushbu shou tarzida tashkillangan turnirda Rossiyaning nomdor sportchilari yurtimiz polvonlari bilan jang olib borishdi”, - deyilgan xabarda.
Xalqaro turnirning markaziy jangi o‘zbekistonlik Alisher Juraxanov hamda Rossiya vakili Vadim Akalovich o‘rtasida bo‘lib, unda Jo‘raxonov 3:2 hisobida g‘olib bo‘ldi.
Musobaqa g‘oliblari va sovrindorlariga tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari, esdalik sovg‘alari topshirildi. Kecha davomida o‘zbek estradasi vakillari ishtirokida gala-konsert ham bo‘lib o‘tdi.