Olmaliqda markaziy ko‘chalardan biri 2 oyga yopildi

Haydovchilardan ushbu holatni inobatga olgan holda harakatlanishlari so‘ralgan.
Sputnik
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yer osti piyodalar o‘tish joyi qurilishi munosabati bilan markaziy ko‘chalardan biri 2 oy muddatga yopildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, 28-may kuni soat 16:00 dan boshlab, Olmaliq shahri Ehtirom ko‘chasining ma’lum bir qismi (Oydin bozori) 2 oy muddatga yer osti piyodalar o‘tish joyi qurilishi munosabati bilan transport vositalari harakati uchun to‘liq cheklandi. Ushbu ko‘chani aylanib o‘tish uchun haydovchilar Mirzo Ulug‘bek, Totuvlik, Baynalminalchilar ko‘chalari orqali harakatlanadi.
“Haydovchilardan ushbu holatni inobatga olgan holda harakatlanishlarini, harakatlanish vaqtida yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi xabarda.