TOShKENT, 29-may — Sputnik. Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida Qo‘riqlash boshqarmasi tezkor harakatlanuvchi guruh avtomashinasi va tez tibbiy yordam mashinalari o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, boshqarma mashinasi Navoiy ko‘chasida harakatlanib ketayotgan vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishdagi tez tibbiy yordam bo‘limining “Damas” avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida 2 nafar fuqaro yengil va o‘rta darajadagi tan jarohati olgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.