TOShKENT, 26-may — Sputnik. Argentinada bo‘lib o‘tayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasida o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev Yangi Zelandiya darvozasini ishg‘ol etdi.
Keyin u kameraga marhum tog‘asi Qahramon Sariboyev tasvirlangan futbolkani ko‘rsatdi. U futbolkani o‘pib, osmonga qaradi va golni tog‘asiga bag‘ishlaganini bildirdi.
Chunki aynan tog‘asi to‘qqiz yoshli Abbosbekni Sirdaryodan Toshkentga olib kelib, futbol bilan tanishtirgan. Tog‘asi bo‘lajak futbolchini har doim qo‘llab-quvvatlagan va unga sportda muvaffaqiyatga erishishni o‘rgatgan.
Avvalroq futbolchi Abbosbek Fayzullayev Osiyo kubogi doirasidagi o‘yinlardan biri bir qancha qo‘riqchilarni ortda qoldirib, maydonda uning yoniga kelgan yosh muxlisga o‘z futbolkasini sovg‘a qilgan edi.