Armaniston va Ozarbayjon hududiy yaxlitlikni o‘zaro tan olishga kelishib oldi

Armaniston bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon bilan munosabatlarni tartibga solishda oldinga siljish bor.
Sputnik
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Armaniston va Ozarbayjon bir-birining hududiy yaxlitligini o‘zaro tan olishga kelishib oldi. Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida nutq so‘zlayotib ma’lum qildi.
“Men Armaniston va Ozarbayjon bir-birining hududiy yaxlitligini o‘zaro tan olishga kelishib olganini tasdiqlamoqchiman va bu asosda, aytish mumkinki, biz munosabatlarimizni tartibga solish uchun oldinga yaxshi siljiyapmiz”, - dedi Pashinyan.
Bosh vazir “xalqaro mexanizm doirasida” Tog‘li Qorabog‘ aholisi huquqlari va xavfsizligini ta’minlash masalasiga ham to‘xtaldi.
“Umid qilamanki, tez orada Boku va Stepanakertning (tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasining poytaxti – tahr.) yaxshi konstruktiv muloqoti boshlanadi”, - deya qayd etdi Pashinyan.
Avvalroq Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ ham tarkibiga kiruvchi Ozarbayjon hududiy yaxlitligini tan olishga tayyorligini ma’lum qilgan edi, biroq arman aholisi xavfsizligi ta’minlangan shart-sharoitlarda.