TOShKENT, 23-may — Sputnik. Yevropa Rossiya bilan Yevropa xavfsizligi kelajagi bo‘yicha kelishuv tuzishi kerak. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“Albatta, biz Rossiya bilan Yevropa xavfsizligi kelajagi borasida kelishuvga erishishimiz kerak”, dedi Orban Qatardagi iqtisodiy forumda.
Vengriya bosh vaziri, shuningdek, Yevropa Ittifoqining kelajakda qanday ko‘rinishga ega bo‘lishiga ikki xil yondashuv mavjudligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Brussel “Yevropa Qo‘shma Shtatlari”ni yaratmoqchi va bir qator davlatlar, jumladan, Vengriya ham a’zo davlatlarning milliy vakolatlarini kengaytirish tarafdori.