Elektron sigaretalar, shu jumladan, nikotinsizlari ham, chekishni tashlashga yordam bermaydi, balki bu jarayonni murakkablashtiradi. Bu haqda psixiatr-narkolog Anton Masakin ma’lum qildi.
“Haqiqat shundaki, chekuvchi nikotinsiz sigaretani chekayotganida, tamaki chekishdagi kabi odatiy harakatlarni muntazam ravishda qilishda davom etadi. Bundan kelib chiqadiki, chekish harakatining xulq-atvor komponentini ta’minlovchi neyron zanjirlar odatiy holatni davom ettirmoqda. Bu chekuvchining stereotipik xatti-harakatini, chekish odatini o‘zgarmasligini anglatadi", – dedi shifokor RIA Novosti bilan suhbatda.
Asabiy vaziyatda chekuvchi yana nikotin o‘z ichiga olgan mahsulotdan foydalanadi, chunki u organizmi uchun boshqa muqobil variantni topmagan. Chekishni to‘xtatishning eng samarali usuli – bu xulq-atvor va farmakologik terapiyaning birlashmasi.
“G‘azab yoki asabiylashish, tashvish va tushkunlik, uyqu muammolari va hokazo holatlarda namoyon bo‘ladigan nikotinga ishtiyoqni kamaytirish uchun boshqa terapevtik usullar ham qo‘llaniladi”, – deya qo‘shimcha qildi Masakin.
Shuningdek, u tamaki chekishni tashlagan odam spirtli ichimliklarni chekish “o‘rnini bosish” sifatida suiiste’mol qilishni boshlashi mumkinligini ta’kidladi. Shuning uchun, chekishni tashlash jarayoni davomida spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan ham voz kechish muhimdir.