O‘zbekiston velopoygachilari xalqaro musobaqada umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

Umumjamoa bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 1-o‘rinni egalladi.
Sputnik
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Joriy yilning 17-20 may kunlari Eronda “Tour of Marand” xalqaro ko‘p kunlik musobaqasi bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston terma jamoasi velosipedchilari muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi ma’lum qildi.
To‘rt bosqichda bo‘lib o‘tgan musobaqalar natijasiga ko‘ra, birinchi bosqichda:
1-o‘rin Svetkov Nikita;
2-o‘rin Taxirov Diyor.
Ikkinchi bosqichda:
1-o‘rin Svetkov Nikita.
Uchinchi bosqichda:
1-o‘rin Svetkov Nikita;
3-o‘rin Taxirov Diyor.
To‘rtinchi bosqichda:
jamoa a’zolari kuchli o‘nlikda yakunlashdi.
Umumiy hisobda 4 bosqichli musobaqa yakuni bo‘yicha terma jamoa a’zosi Svetkov Nikita mutlaq g‘olib deb topildi. Taxirov Diyor ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Umumjamoa bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 1-o‘rinni egalladi.