Namanganda Gullar festivali boshlandi – foto, video

Namangan xalqaro aeroportidan Bobur istirohat bog‘i qadar 3 km lik ko‘cha yo‘llari bo‘ylab parad uyushtirildi.
Sputnik
NAMANGAN, 21-may — Sputnik. Namanganda 62-xalqaro gullar festivali “Avtomobillar paradi” bilan boshlandi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Unda 200 dan ortiq avtomobillar 30 000 turga yaqin gullar bilan bezatildi.
Namangan xalqaro aeroportidan Bobur istirohat bog‘i qadar 3 km lik ko‘cha yo‘llari bo‘ylab parad uyushtirildi.
Gullar bilan bezatilgan avtomobillar orasida Volga 3102, Gaz 24, Zaporojes, Pobeda, Isuzu, Karting, Spark, Kobalt, Tiko, Gaz 69 kabi avto mashinalarni ko‘rish mumkin.
“Avtomobillar paradi” Namangan shahri ko‘chalari bo‘ylab bir kun davomida tashkil etiladi.
Xalqaro gullar festivaliga 52 mamlakatdan xorijiy mehmonlar va sayyohlar tashrif buyurgan.