"Patriot" "Xanjar"ni urib tushirishga urinib, 32 ta raketasini yo‘qotdi - OAV

“Patriot” havo mudofaa tizimi Kiyev osmonida “Xanjar”ni urib tushirishga urinib, 32 ta raketasini yo‘qotdi.
Sputnik
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Amerikaning “Patriot” havo mudofaa tizimi Rossiyaning “Xanjar” ("Kinjal") gipertovushli raketasini urib tushirmoqchi bo‘lganida barcha 32 ta raketasini yo‘qotdi. Bu haqda "Military Watch Magazine" nashri ma’lum qildi, deb yozadi RIA Novosti.

“Xanjar" ballistik raketalarini nishonga olgan 32 ta "Patriot" raketasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ularni ishga tushirishning umumiy qiymati 96 million dollarga tushdi”, - deb yozadi nashr.

Amerika havo mudofaa tizimlari Ukraina poytaxtini muhim infratuzilmaga Rossiyaning yirik zarbalaridan himoya qilish uchun qoldirildi, chunki ularning harakatchanlik darajasi S-300 tizimining sovet versiyalaridan ham pastroq.
Bu "Patriot" inshootlarini qo‘shinlarni qoplash uchun frontga yaqinlashtirishga imkon bermadi, deb yozadi nashr.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
“Kinjal” bilan Kiyevdagi “Patriot” yakson qilindi – Rossiya Mudofaa vazirligi