O‘zbekiston va Qozog‘iston mudofaa vazirlari hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi

Qozog‘iston mudofaa vaziri general-polkovnik Ruslan Jaqsiliqov O‘zbekistonga keldi.
Sputnik
TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov rasmiy tashrif bilan kelgan Qozog‘iston mudofaa vaziri general-polkovnik Ruslan Jaqsiliqov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ministr oboroni Uzbekistana prinyal delegatsiyu vo glave s Ministrom oboroni Kazaxstana.
Mudofaa vazirligi Markaziy apparatida o‘tkazilgan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvida Qurbonov mustaqillik yillarida ikki davlat o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stona harbiy munosabatlarning faqat ijobiy tomonga siljib borayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, O‘zbekiston mudofaa vaziri ikki tomonlama hamkorlikdagi erishilayotgan yutuqlarga to‘xtalar ekan, o‘zaro yaqin do‘stona munosabatlar o‘zbek-qozoq aloqalarini yangi strategik sherikchilik bosqichiga ko‘tarib, ittifoqchilik munosabatlari mustahkamlayotganini qayd etdi.
Ikki davlat mudofaa vazirlari harbiy sohada erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida ham hamkorlikni davom ettirishning istiqbolli takliflari bilan chiqdi.
Uchrashuvdan so‘ng Qozog‘iston harbiy delegatsiyasi O‘zbekiston mudofaa vaziri hamrohligida “G‘alaba bog‘i”ga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi. U yerdagi "Shon-sharaf" muzeyi faoliyati bilan tanishdi.
Ministr oboroni Uzbekistana prinyal delegatsiyu vo glave s Ministrom oboroni Kazaxstana.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent harbiy okrugining "Angren" dala o‘quv maydonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari ishtirokidagi "Qalqon-2023" maxsus taktik-o‘quv o‘quvlari boshlangani xabar qilingan edi.