O‘zbekistonga neft va gaz sohasidagi homiy kompaniyalarning vakillari keldi

“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” ko‘rgazmasi 47 mamlakatdan 2500 dan ortiq ishtirokchi va 250 ta homiy kompaniyalarni jamladi.
Sputnik
TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekistonga 47 mamlakatdan neft va gaz sohasidagi homiy kompaniyalarning vakillari tashrif buyurdi, deya xabar berdi Toshkent shahar hokimligi.
Toshkentda “O‘zbekiston neft va gazi — OGU 2023” 25-yubiley Xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
Ko‘rgazmada Germaniya va Rossiya kompaniyalari milliy ekspozitsiya bilan, jamoaviy stendlar tarkibida esa Italiya, Kanada, Xitoy va Koreya Respublikasi kompaniyalari ishtirok etmoqda.
25-ya Mejdunarodnaya vistavka "Neft i gaz Uzbekistana — OGU 2023
“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” ko‘rgazmasi 47 mamlakatdan 2500 dan ortiq ishtirokchi va 250 ta homiy kompaniyalarni jamladi.
Tadbirlar:
25-Xalqaro “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” ko‘rgazmasi;
16-Xalqaro “Energetika, energiya tejash, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan 2023” ko‘rgazmasi;
“Yashil energiya tejovchi texnologiyalar – GETCA 2023” ixtisoslashtirilgan bo‘limi va 3-Xalqaro energetika anjumani.
Energetika forumida dunyoning 27 mamlakatidan 400 dan ortiq kompaniya va brendlar, 500 dan ziyod delegatlar ishtirok etmoqda.
Ishtirokchilar orasida “Gazprom”, “Lukoyl”, “Socar”, “Gazprombank”, “Tatneft”, “Siemens Energy”, “Huawei”, “Rosatom” kabi kompaniyalar bor.
Forum doirasida III Xalqaro energetika konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda sanoatni rivojlantirishning dolzarb tendensiyalari keng namoyish etiladi.
Ko‘rgazma doirasida yoshlar seminari zonasi faoliyat yuritib, unda yosh olimlar va soha mutaxassislarining innovatsion g‘oyalari muhokamasi va taqdimotlari o‘tkaziladi.
Shuningdek, yosh olimlar uchun “Yosh olimlar seminari” tashkil etiladi hamda unda barcha faol yosh olimlar tomonidan neft va gaz sanoati bo‘yicha o‘z ilmiy ishlari natijalari bo‘yicha ma’ruzalar hamda olingan ilmiy natijalari yuzasidan ilmiy-innovatsion ishlar ko‘rgazmasini tashkil etish imkoniyatlari beriladi.
Bunga qo‘shimcha ravishda, neft va gaz sohasi bo‘yicha jamoalar o‘rtasida “Keys chempionat” ham o‘tkaziladi.
Ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi 19-may kuni soat 11:00 da “O‘zekspomarkaz” hududidida bo‘lib o‘tadi. Xalqaro konferensiya doirasidagi texnik va panel sessiyalari 20-may kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha International Hotel Tashkent mehmonxonasining Amir Temur zalida bo‘lib o‘tadi.
Tadbir 20-mayga qadar davom etadi.