TOShKENT, 17-may — Sputnik. Respublikadagi muzeylarda 18-26 may kunlari 80 dan ortiq tadbirlar tashkil etiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
18 may – Xalqaro muzeylar kuni. Ushbu kun munosabati bilan respublikadagi aksariyat muzeylarda qator madaniy tadbirlar tashkil etiladi.
Unga ko‘ra, mamlakat aholisi va mehmonlari 26 ta muzeyda tashkil etiladigan 80 dan ortiq tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin.
Asosiy tadbirlardan rassomlar va san’atshunoslar bilan uchrashuvlar, ochiq eshiklar kuni, to‘qimachilik, rangtasvir va haykaltaroshlik, suvenirlar, milliy liboslar ko‘rgazmalari, shuningdek, “Open Air Fest” ko‘ngilochar dasturlari o‘rin olgan.
O‘zbekiston davlat san’at muzeyi
O‘zbekiston davlat san’at muzeyi “Xalqaro muzeylar kuni” dasturiga bag‘ishlangan matbuot anjumani – 18-may;
“O‘zbekiston XX-XXI asr “Rangtasvir va haykaltaroshlik” san’atining yangi ekspozitsiyasining ochilish marosimi – 18-may;
“To‘qimachilik san’ati” nomli ko‘rgazma” – 18-may;
“Open Air Fest” ko‘ngilochar dasturi – 18-may;
Bahodir Jalolovning “Mangulikdagi chiziq” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi – 18-may;
“San’atni anglash san’ati” ko‘rgazmasining ochilish marosimi – 19-may;
“Muzeyda tun” nomli dastur marosimi – 19-may;
O‘zbekiston xalq rassomi Bahodir Jalolov bilan uchrashuv – 24-may;
San’atshunos Elmira Ahmedovaning “O‘zbekiston san’ati - zamon oqimida” nomli ma’ruza – 25-may;
“San’atni anglash san’ati” loyihasida ishtirok etayotgan rassomlar bilan ijodiy uchrashuv – 26-may.
O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi
“Tarixga bir nazar” nomli ko‘chma ko‘rgazma – 12-may;
“Muzey - xalq tarixining ko‘zgusi” nomli taqdimot – 12-may;
“Jonli muzey” loyihasi – 13-20 may;
“Ochiq eshiklar kuni” – 18-may.
Shuningdek, I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi, Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi, “Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasi, Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi, Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi va bir qator viloyatlardagi muzeylarda ham tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Mazkur tadbirlarda ishtirok etish bepul.
Ma’lumot uchun, 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi muzeylar soni 127 tani tashkil etadi. Ularda jami 2,17 millionta eksponatlar mavjud.