TOShKENT, 12-may — Sputnik. Qurbon hayitining ehtimoliy sanasi 28-iyun bo‘lishi mumkin. Bu haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, Qurbon hayiti bayramining aniq sanasi yangi oy chiqishiga qarab, O‘MI Ulamolar kengashi qaroriga asosan bayramdan 10 kun oldin rasman e’lon qilinadi. Bu taxminan iyun oyining oxirgi kunlariga to‘g‘ri keladi. Ehtimoliy sana 28-iyun bo‘lishi mumkin.
Ma’lumki, bayram sanasini belgilash va nishonlashda shariatda yangi oy chiqishiga qaraladi. Ramazon hayitidan 70 kunlar o‘tib, zulhijja oyining boshlanishida taxminan o‘ninchi sanalarga to‘g‘ri keladi.
Nima uchun musulmonlar muhim sanalarni oy chiqishiga qarab belgilaydi?
Nima uchun musulmonlar muhim sanalarni oy chiqishiga qarab belgilaydi?
Musulmonlarning ommaviy qiladigan bunday ishlari behikmat emas, albatta. Bunday qilishning o‘ziga xos bir necha sabablari bor. Ulardan asosan uchtasini keltiramiz:
1. Oy borliqdagi eng katta alomat sanaladi. Bunday katta alomatni ko‘rib ishlarimizni belgilab olishimizda musulmonlarda har bir narsa ochiq-oydin bo‘lishini, hech kim hech narsa o‘zgartira olmasligini ta’minlaydi.
2. Oy har yili o‘n-o‘n ikki kun oldinga surilib keladi. Bu bilan har o‘ttiz uch yilda Ramazon ro‘zasi yilning hamma fasllarida, barcha vaqtida o‘tishi imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu esa turli sharoitda ro‘za tutishni ta’minlaydi.
3. Oyni ko‘rib ro‘za tutish, uni ko‘rib ro‘zani tugatish barcha musulmonlarga bir xil hukm bo‘lib, bu ularning birdamlik, ittifoqlik ramzidir.