Qirg‘iziston va O‘zbekiston avtomobil yig‘ish va ishlab chiqarish zavodini qurishni boshladi

Chuy viloyatining Oq-suv qishlog‘ida “Altin Tulpar Unaa Kurulush” avtomobil va yengil avtomobillarini yig‘ish va ishlab chiqarish zavodi qurilish maydonchasiga kapsula joylashtirildi.
Sputnik
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Qirg‘iziston va O‘zbekiston avtomobil yig‘ish va ishlab chiqarish zavodini qurishni boshladi, deya xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston.
Chuy viloyatining Oq-suv qishlog‘ida “Altin Tulpar Unaa Kurulush” avtomobil va yengil avtomobillarini yig‘ish va ishlab chiqarish zavodi qurilish maydonchasiga kapsula joylashtirildi.
Start stroitelstva zavoda po sborke i proizvodstvu legkovix avtomobiley i kommercheskoy texniki
Kapsulani joylashtirish marosimida Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov ishtirok etdi.

“Ikki respublika o‘rtasidagi do‘stlik yangi bosqichga ko‘tarildi. Buning isboti - zavod qurilishi uchun kapsulaning joylashtirilishi. Bu ikki davlat uchun strategik muhim loyihadir”, - deya qayd etdi Japarov.

Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 10 ming dona avtomobilni tashkil etadi, 1000 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.
Start stroitelstva zavoda po sborke i proizvodstvu legkovix avtomobiley i kommercheskoy texniki
Qirg‘izistonda zavod qurish bo‘yicha kelishuvga O‘zbekiston prezidentining yil boshidagi rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan.