Peskov: G‘arb aholisi ular o‘z yetakchilari xatolari uchun badal to‘layotganlarini bilishlari shart

Rossiya rahbari matbuot kotibi tobora ko‘proq tahlilchilar G‘arb siyosatining samaradorligini muhokama qilayotganini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 12-may — Sputnik. G‘arb mamlakatlari aholisi ular o‘z yetakchilarining noto‘g‘ri, xato va samarasiz siyosati uchun badal to‘layotganlarini bilishlari kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
“Tobora ko‘proq tahlilchilar kollektiv G‘arb siyosatining samaradorligi mavzusida, kiritilgan sanksiyalar (Rossiyaga qarshi) samaradorligi mavzusida fikr yuritishga urinishmoqda”, - dedi Kreml vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yomonga qaraganda yaxshiroq.
“Biz G‘arb mamlakatlaridagi kishilar ularning o‘z rahbarlarining xato, noto‘g‘ri va samarasiz siyosati uchun badal to‘lashlariga to‘g‘ri kelayotganini bilishlarini istardik”, - dedi Peskov.
Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng AQSh boshchiligida G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Rossiya eksporti sohasi, bank va boshqa sohalariga nisbatan keskin sanksiyalar joriy etildi. Lekin o‘tgan vaqt davomida ular ketilgan natijaga olib kelmadi, rubl qulamadi, Rossiya iqtisodiyoti barbod bo‘lmadi. Yevropa va AQShda esa sanksiyalar oqibatida elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlari oshdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va cheklovlar butun dunyo iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi - dunyoda millionlab odamlar hayotini yomonlashtirish.