TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi vakili Oybek Jo‘rayev Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida navbatdagi g‘alabani tantana qildi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Jo‘rayev JCh yarim finalida rossiyalik Dmitri Divaliga qarshi ringga ko‘tarildi va 5:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Jo‘rayev -54 kg vazn toifasida ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatining yarim final janglari bo‘lib o‘tmoqda.
+92 kg vazn toifasida Bahodir Jalolovga qarshi jang qilishi ko‘zda tutilgan ispaniyalik Ayub Gadfa Drissi ringga chiqmasligi sababli Jalolov final bellashuvlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oldi.