Boks bo‘yicha jahon chempionati — 2023

Boks bo‘yicha JCh: Ruslan Abdullayev va Saidjamshid Jafarov ham finalda

Jami yetti nafar o‘zbekistonlik bokschi jahon chempionatining finaliga chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Ruslan Abdullayev va Saidjamshid Jafarov Toshkent mezbonligida o‘tayotgan erkaklar o‘rtasidagi boks bo‘yicha jahon chempionatining finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Abdullayev (-63,5 kg) JCh yarim finalida armanistonlik tajribali Xovanes Bachkovga qarshi jang o‘tkazdi va 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi. O‘zbekistonlik bokschi jang mobaynida raqibini nokdaun holatiga ham tushirishga ulgurdi.
Ruslan Abdullayev
Jafarov (-71 kg) yarim finalda braziliyalik Vanderson De-Oliveyraga qarshi ringga ko‘tarildi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Saidjamshid Jafarov
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bahodir Jalolov, Oybek Jo‘rayev, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Hasanboy Do‘smatov va Abdumalik Xalokov jahon chempionatining finaliga yo‘l olgani xabar qilingan edi. Shu tariqa 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi jahon chempioni unvoni uchun kurash olib boradi. Final janglari 14-may kuni bo‘lib o‘tadi.
A’loxon Abdullayev va Lazizbek Mullojonov esa dunyo birinchiligining bronza medali bilan kifoyalanishdi.