TOShKENT, 9-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 78-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi. Bu haqda Mirziyoyevning matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennix meropriyatiyax v svazi s 78-y godovshinoy Pobedi
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Uzbekistan
Moskvaning Qizil maydonida G‘alaba paradi bo‘lib o‘tdi. Uni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ham kuzatdi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennix meropriyatiyax v svazi s 78-y godovshinoy Pobedi
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Uzbekistan
Tadbirdan so‘ng O‘zbekiston rahbari boshqa davlatlar yetakchilari bilan birga Aleksandr bog‘idagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gulchambar qo‘ydi va Ikkinchi jahon urushida Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan askarlar, shu jumladan o‘zbek o‘g‘lonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Shu bilan Rossiyaga amaliy tashrif yakunlandi. Aeroportda Shavkat Mirziyoyevni Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennix meropriyatiyax v svazi s 78-y godovshinoy Pobedi
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Uzbekistan