Mirziyoyev “Matonat madhiyasi” yodgorligiga gulchambar qo‘ydi – foto

G‘alaba bog‘ida Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari vakillari jam bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi.
1 / 8
2 / 8
3 / 8
4 / 8
5 / 8
6 / 8
7 / 8
8 / 8
Davlat rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan bu majmua o‘zbek xalqining urushdagi yo‘qotishlari, tinchlik uchun kurashi va ulkan hissasini ifodalaydi. Shu bois bog‘ har doim, ayniqsa, bayram kunlarida yoshu keksalar bilan gavjum.
Bu yil ham 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. G‘alaba bog‘ida Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari vakillari jam bo‘ldi. Ular ham majmua poyiga gullar qo‘ydi.
Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi