TOShKENT, 8-may — Sputnik. Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining sakkizinchi kun bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasida jahon chempionatidagi ikkinchi yo‘qotish bo‘ldi. -48 kg vazn toifasida mamlakat sharafini himoya qilgan Shodiyorjon Meliqo‘ziyev qozog‘istonlik Sanjar Tashkenbayga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.
Shodiyorjon Melikuziyev
© NOK Uzbekistana
O‘zining ajoyib harakatlari bilan -60 kg vazn toifasidagi janglarni "yondirayotgan" Mujibillo Tursunov uchinchi jangni ham muvaffaqiyatli yakunladi. Marokashlik Muhamed Hamutga qarshi ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik bokschi bu g‘alabasi bilan chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Andijon boksining yangi nihollaridan biri Shohjahon Abdullayev (-86 kg) yana bir bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Qozog‘istonlik Sagindik Togambayga qarshi bahs olib borgan Abdullayev o‘zining aniq va kuchli zarbalari bilan raqibini ojiz qoldirib, chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.