Bugun Qatardagi jahon chempionatida 2 nafar O‘zbekiston vakili bellashadi

Kun davomida erkaklar o‘rtasida -60 kg, ayollar o‘rtasida esa -48 kg vazn toifasidagi bahslar o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Bugun Qatar poytaxti Doxa shahrida dzudo bo‘yicha jahon chempionati start oladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
An’anaga muvofiq, musobaqani yengil vazn toifasidagi bahslar ochib beradi. Kun davomida erkaklar o‘rtasida -60 kg, ayollar o‘rtasida esa -48 kg vazn toifasidagi bahslar o‘tkaziladi. Unda qatnashadigan o‘zbekistonlik sportchilar:
-60 kg: Dilshodbek Baratov – Ariunbold Enxtayvin (Mo‘g‘uliston) (1/16 final);
-48 kg: Halimajon Qurbonova – Keysi Perafan (Argentina) (1/32 final).