TOShKENT, 6-may — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchi Jamila Panfilova Osiyo chempionatida ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Og‘ir atletika bo‘yicha Janubiy Koreyada o‘tayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining ilk medallarini qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasida o‘tgan -55 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda Jamila Panfilova ikkita bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Uning dast ko‘tarishda qayd etgan 86 kg, siltab ko‘tarishdagi 105 kg natijasi unga har ikki yo‘nalishda shohsupaga ko‘tarilishini ta’minladi. Afsuski, sportchi ikki kurash bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Mazkur vazn toifasida qatnashgan yana bir atlet Nigora Abdullayeva esa musobaqani to‘qqizinchi pog‘onada yakunladi.
1. Guan Chen (Xitoy Taipeyi) – 204 (90+114) kg;
2. Soroxaimbam (Hindiston) – 194 (83+111) kg;
3. Vo Ti Nxu (Vyetnam) – 192 (88+104) kg;
4. Jamina Panfilova (O‘zbekiston) – 191 (86+105) kg;
9. Nigora Abdullayeva (O‘zbekiston) – 167 (77+90) kg.