Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi

O‘zbekiston rahbari ikki davlat Hukumatlararo komissiya yig‘ilishining sermahsul yakunlariga yuksak baho berdi.
Sputnik
TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailovni qabul qildi. Smailov qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Toshkentda bo‘lib turibdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s premyer-ministrom Kazaxstana Alixanom Smailovim
Ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 2022-yilda tovar ayirboshlash 18 foizga, joriy yil boshidan esa 12 foizga oshdi. Uch mingdan ziyod qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda. Yuk tashish hajmi ortmoqda. Faol gumanitar almashinuvlar davom etmoqda.
Mirziyoyev Hukumatlararo komissiya yig‘ilishining sermahsul yakunlariga, eng avvalo, ustuvor iqtisodiy loyihalarni, shu jumladan Sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazini tashkil etishni ilgari surish bo‘yicha kelishuvlarga erishilganiga yuksak baho berdi.
Yaqin yillarda 10 milliard dollar maqsadli ko‘rsatkichiga erishish uchun savdoni ko‘paytirish va eksport-import amaliyotlarining mutanosibligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadda tashqi savdo kompaniyasi faoliyatini tez fursatda ishga tushirish muhimligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, mashinasozlik, energetika, qazib chiqarish sanoati, transport va logistika, to‘qimachilik, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarda investitsiya loyihalari portfelini kengaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazadi