Saidov Hindiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Hindistonning Goa shtatida ShHT tashqi ishlar vazirining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hindistonlik hamkasbi Subramanyam Jayshankar bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Vstrecha ministra inostrannix del Uzbekistana Baxtiyora Saidova s ministrom inostrannix del Indii Subramanyamom Djayshankarom.
Ta’kidlanishicha, uchrashuvda izchil taraqqiy etayotgan O‘zbekiston-Hindiston munosabatlari sarhisob qilingan.
“Iqtisodiy va madaniy sohalarni mustahkamlash, faol hududlararo hamkorlikka alohida e’tibor qaratgan holda istiqboldagi aloqalarimizni rivojlantirishning qator yo‘nalishlari bo‘yicha atroflicha fikr almashdik”, - deyilgan xabarda.
Hindistonning Goa shtatida 4-5 may kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) tashqi ishlar vazirining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda TIV rahbarlari 3-4 iyul kunlari Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashining navbatdagi majlisini mazmunli to‘ldirish masalalariga alohida ahamiyat beradilar. Tegishli hujjatlar va qarorlar loyihalari ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, vazirlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb mavzularni muhokama qiladilar.