TOShKENT, 4-may — Sputnik. "Silk Avia" kompaniyasi yo‘lovchilarni aviachiptalar bilan bog‘liq firibgarlikdan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, Toshkentda soxta aviachiptalarni sotish bilan bog‘liq firibgarlik holati sodir bo‘lgan.
Unga ko‘ra, mahalliy aviaqatnovlar terminalining ro‘yxatdan o‘tish peshtaxtasiga yo‘lovchi kelib, hodimga Toshkent-Termiz reysi uchun aviachipta bo‘lgan hujjatni taqdim etgan. Biroq, hujjat faqatgina bu reys uchun bronning bosma nusxasi bo‘lib chiqdi.
Aviakompaniya Silk Avia preduprejdayet passajirov o moshennichestve s aviabiletami
© Uzbekistan airports
Yo‘lovchining ta’kidlashicha, bunday "chipta" unga shahar kassalaridan birida sotilgan.
"Aviakassaga qo‘ng‘iroqdan so‘ng ushbu yo‘lovchiga pul qaytarilgan, shundan so‘ng yo‘lovchi aeroport kassasidan chipta sotib olib, Termizga uchib ketgan", - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, “Silk Avia” mintaqaviy aviakompaniyasining reyslariga chiptalarni faqat aeroport kassalarida yoki kompaniyaning www.silk-avia.com rasmiy sayti orqali onlayn xarid qilish mumkin.
Onlayn chiptalarni sotib olayotganda, shaxsiy va aloqa ma’lumotlarni to‘g‘ri va aniq ekanligiga ishonch hosil qilish tavsiya etilmoqda.