Volodin Zelenskiy rejimi bilan muzokaralar o‘tkazib bo‘lmasligini ma’lum qildi

Rossiya Davlat dumasi spikeri Kiyevning Kremlga dronlar bilan uyushtirgan hujumiga munosabat bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Kiyev rejimi Rossiya, Yevropa, butun dunyo xavfsizligiga tahdid solyapti, u bilan hech qanday muzokaralar bo‘lishi mumkin emas. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin Kremlga uyushtirilgan dronlar hujumiga munosabat bildirayotib ma’lum qildi.
“Terrorchi Kiyev rejimi butun davlatni egallab olib, Rossiya, Yevropa, butun dunyo xavfsizligiga tahdid solyapti. Zelenskiy (Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy) rejimini qurol-yarog‘ bilan ta’minlayotgan G‘arb mamlakatlari siyosatchilari anglab olishlari shartki, nafaqat homiy, balki terrorchilik faoliyatning bevosita sherigi ham bo‘lishdi. Zelenskiy rejimi bilan hech qanday muzokaralar bo‘lishi mumkin emas”, - deya yozdi Volodin o‘zining Telegram-kanalida.
Kiyev dronlar bilan Kremlga zarba berishga urindi