“Rossiyalik vakillar ushbu yo‘nalishlarda o‘zbekistonlik yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun vazirlik bilan hamkorlikda ish olib borishni ma’lum qilishdi. Biz buni mamnuniyat ila qabul qildik”, - dedi vazirlik matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova Sputnik muxbiriga.
“Ikki tomonlama muhokamada kompaniya tomonidan O‘zbekistondagi mutaxassislikka mos kollej va texnikumlar tanlab olinib, ularda “KamAZ” brendi ostida to‘liq ta’lim hamda kasbiy tayyorlash dasturlarini yo‘lga qo‘yish takliflari ilgari surildi. Shuningdek, O‘zbekistondagi professional ta’lim muassasalari bazasida maxsus tayyorlov kurslarini tashkil etish, uni muvaffaqiyatli yakunlab, saralangan bitiruvchilarni ishga joylashtirish kabi masalalar ham ko‘rib chiqildi”, - deya qo‘shimcha qildi Abduqunduzova.