Mirziyoyev Germaniyaga jo‘nab ketdi

Tashrif dasturiga muvofiq, Berlin shahrida prezident Frank-Valter Shtaynmayer va kansler Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 2-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning taklifiga binoan tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Berlin shahrida Federal prezident Frank-Valter Shtaynmayer va Federal kansler Olaf Shols bilan muzokaralar, shuningdek, Germaniyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Germaniya poytaxtidagi Yangi muzey va Jeyms Simon galereyasida ochiladigan “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Aleksandr Makedonskiydan Kushonlar imperiyasigacha” nomli ko‘rgazma bilan tanishish ko‘zda tutilgan.