Mirziyoyev Germaniyaga jo‘nab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev otbil s vizitom v Germaniyu po priglasheniyu Federalnogo Prezidenta Franka-Valtera Shtaynmayera.
Shavkat Mirziyoyev otbil  s vizitom v Germaniyu po priglasheniyu Federalnogo Prezidenta Franka-Valtera Shtaynmayera. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2023
Obuna bo‘lish
Tashrif dasturiga muvofiq, Berlin shahrida prezident Frank-Valter Shtaynmayer va kansler Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning taklifiga binoan tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Berlin shahrida Federal prezident Frank-Valter Shtaynmayer va Federal kansler Olaf Shols bilan muzokaralar, shuningdek, Germaniyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Germaniya poytaxtidagi Yangi muzey va Jeyms Simon galereyasida ochiladigan “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Aleksandr Makedonskiydan Kushonlar imperiyasigacha” nomli ko‘rgazma bilan tanishish ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0