TOShKENT, 2-may — Sputnik. "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida" prezident farmoni qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, bu yil Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 000 000 (o‘n sakkiz million) so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti berilishi belgilangan.
Tegishli mutasaddilar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga bu pul mukofotining tantanali hamda bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlaydi.
Farmonni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.