TOShKENT, 2-may — Sputnik. AQSh Rossiya maxsus operatsiyada qancha odamni yo‘qotganini bila olmaydi, ular raqamlarni osmondan olishadi, Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga e’tibor qaratish kerak, deydi Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
“Vashingtonda qandaydir to‘g‘ri raqamlarni aytish imkoni yo‘q, ularda bunday ma’lumotlar yo‘q, bunga shunday munosabatda bo‘lish kerak. Faqat Rossiya Mudofaa vazirligi o‘z vaqtida e’lon qilgan raqamlarga e’tibor qaratish kerak”, — dedi Peskov jurnalistlarga.
Avvalroq bir qator ommaviy axborot vositalari Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbiga tayanib, maxsus operatsiya paytida go‘yoki 100 mingdan ortiq rossiyalik askar halok bo‘lgani yoki og‘ir yaralangani haqida yozgan edi.
2022 yil 24-fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.