Referendum — 2023

Senat raisi Tanzila Narbayeva referendumda ovoz berdi

Senat raisi Toshkentdagi 567-referendum uchastkasida ovoz berdi.
Sputnik
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva poytaxtning 567-referendum uchastkasida ovoz berdi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekistonda Konstitutsiya bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tmoqda. Referendumga “Siz “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini qabul qilasizmi?”, degan masala olib chiqilgan.
Respublika bo‘yicha tashkil etilgan jami 10758 ta referendum uchastkasi soat 08:00 da ochildi. O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 55 ta referendum uchastkasi o‘z faoliyatini olib boradi.
Referendumda ishtirok etish huquqiga ega 20 milliondan oshiq fuqaro ovoz berish jarayonlarida qatnashishi kutilmoqda.