Referendum — 2023

O‘zbekistonda referendumda ovoz berish yakunlandi

Respublika bo‘yicha tashkil etilgan jami 10758 ta referendum uchastkasi o‘z ishini soat 20:00 da yakunladi.
Sputnik
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Bugun O‘zbekistonda Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumda ovoz berish yakunlandi. Ayrim xorij mamlakatlarda jarayon davom etmoqda.
Respublika bo‘yicha tashkil etilgan jami 10758 ta referendum uchastkasi o‘z ishini soat 20:00 da yakunladi.
O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 55 ta referendum uchastkasi tuzilgan. Shundan Vladivostok, Tokio, Seul, Kvandju, Pekin, Shanxay, Guandjou, Kuala-Lumpur va Singapur shaharlaridagi referendum uchastkalarida ovoz berish jarayonlari yakunlandi.
Ushbu referendum uchastkalarida ovoz berish natijalarini aniqlash, bulletenlarni sanash jarayonlari boshlangan. Oxirgi uchastka 1-may, Toshkent vaqti bilan 05:00 da AQShda yopiladi.

Referendumda ovoz berish bilan bog‘liq umumiy ma’lumotlar 1-may kuni e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, referendumda ovoz beruvchilar ro‘yxatiga 19 mln 722 ming 809 nafar fuqaro kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi uchastka va okrug komissiyalaridan olingan ma’lumotlariga ko‘ra, soat 17:00 holatiga ovoz beruvchi fuqarolarning 15 mln 802 ming 095 nafari yoki 81,39 foizi ovoz berdi.
Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Informatsionnaya broshura.
Bugun MSKning matbuot markazida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendum tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha brifinglar o‘tkazildi.
Vistuplenie Zamministra MVD Bekmurod Abdullayev
Unda MSK, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zNNTMA Kengashi, Bosh prokuratura, Oliy sud, partiyalar va boshqa davlat idoralari hamda tashkilotlari vakillarining referendum jarayonlari haqidagi hisobotlari tinglandi.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan soat 11:00, 13:00, 15:00 va 17:00 holatiga ko‘ra, referendumda ovoz berganlar soni e’lon qilib borildi.