O‘zbekiston va Ozarbayjon harbiy sohada hamkorlik qiladi

O‘zbekiston Ozarbayjon Respublikasi bilan harbiy hamda harbiy-texnikaviy sohalarda hamkorlik qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. O‘zbekiston Ozarbayjon Respublikasi bilan harbiy hamda harbiy-texnikaviy sohalarda hamkorlik qiladi.
Prezident tomonidan imzolangan O‘RQ–834 va O‘RQ–835-sonli qonunlar bilan quyidagi bitimlar ratifikatsiya qilindi.
O‘zbekiston hamda Ozarbayjon Respublikasi Hukumatlari o‘rtasida harbiy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim (Toshkent, 2022-yil 21-iyun);
O‘zbekiston hamda Ozarbayjon Respublikasi Hukumatlari o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim (Toshkent, 2022-yil 21-iyun).