Shoygu: Rossiya Qirg‘iziston va Tojikistondagi bazalari jangovar shayligini oshiradi

Rossiya mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilari terrorizmga qarshi kurashish bahonasida Markaziy Osiyodagi harbiy bazalarini qayta tiklashga urinmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Rossiya Qirg‘iziston va Tojikistondagi bazalari jangovar shayligini AQShning Markaziy Osiyoda o‘zining harbiy infratuzilmalarini qayta tiklashga bo‘lgan urinishlari sabab oshiradi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.
Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilari terrorizmga qarshi kurashish bahonasida Markaziy Osiyodagi harbiy bazalarini qayta tiklashga urinmoqda.
“Mintaqa mamlakatlariga harbiy infratuzilmalarni joylashtirish to‘g‘risida iltimoslarni (Vashingtonning – tahr.) ShHT hududidagi barqarorlikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidi deb baholaymiz”, - dedi Rossiya mudofaa vaziri Nyu-Dehlidagi ShHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
“O‘z tomonimizdan ehtimoliy chaqiriqlarga qarshi Qirg‘iziston va Tojikistondagi Rossiya harbiy bazalari hamda boshqa tezkor kuchlar jangovar shayligini oshiramiz”, - dedi u.
Shu bilan birga Shoygu “NATO mamlakatlari o‘zlarining afg‘on zaminida 20-yillik bo‘lishlari va keyin zudlik bilan ketishlari yakunlariga ko‘ra u yerda yuzaga kelgan vaziyat uchun ular zimmasida eng katta javobgarlik yotganini” ta’kidladi.
“Ular mojarodan keyin qayta tiklash uchun ketadigan asosiy moliyaviy xarajatlarni o‘z zimmalariga olishlari shart”, - deya qo‘shimcha qildi Rossiya mudofaa vaziri.