O‘zbekiston va Qozog‘iston atrof-muhitni muhofaza qilishda hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston atrof-muhitni muhofaza qilishda hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish borasida kelishuvlarga erishdi.
Sputnik
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘zbekiston Qozog‘iston bilan atrof-muhitni muhofaza qilishga doir kelishuvga erishdi, deya xabar berdi Tabiat resurslari vazirligi.
Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov va Qozog‘iston ekologiya va tabiat resurslari vaziri Zulfiya Suleymenova o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Dostignuto soglashenie s Kazaxstanom ob oxrane okrujayushey sredi
Qayd etilishicha, ikki davlat hukumatlari o‘rtasida 2022-yil dekabrida atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan bitim imzolangan. Muzokaralar davomida ana shu bitim doirasida turli yo‘nalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish borasida kelishuvlarga erishildi.

"Atrof-muhitni muhofaza qilish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham bu boradagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va tizimli davom ettirish lozim", - dedi Abduhakimov.

Tomonlar ekologik monitoring, bioxilma-xillik va tabiiy hududlarni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda ilmiy-texnik sohalardagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Uchrashuv yakunida Qozog‘iston O‘zbekistonning cho‘llanish bo‘yicha global tadbir (UNCCD CRIC-21), shu yilning kuzida Samarqandda bo‘ladigan Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiyasining 14-Tomonlar konferensiyasi (CMS COP-14) va Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasiga taklif qilindi.