TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Bugun Toshkentda yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Poytaxtdagi O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining stadionida ushbu sport turi bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida qit’a birinchiligiga start berildi.
Musobaqa 30-aprelga qadar davom etadi. Unda Osiyoning 40 ta davlatidan 500 nafardan ziyod sportchi g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Bugun 20:00 da musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.