TOShKENT, 27 apr — Sputnik. AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) rahbari Jerom Pauell Rossiyaga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar ishlamayotganini va Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullinaning faoliyatini yuqori baholadi.
Pauell buni rossiyalik prankerlar Leksus (Aleksey Stolyarov) va Vovan (Vladimir Kuznetsov) bilan telefon suhbati vaqtida ma’lum qildi. Rossiyaliklar unga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy nomidan qo‘ng‘iroq qilishgan.
Suhbat chog‘ida Pauell Amerika iqtisodiyotidagi muammolar haqida gapirdi va qo‘shimcha xarajatlar uchun mablag‘ yetishmasligidan shikoyat qildi. Bundan tashqari, u G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari samara bermaganini tan oldi va Markaziy bank raisi Elvira Nabiullinani olqishladi.
"Rossiya Markaziy banki rahbarini hammamiz bilamiz, U nihoyatda qobiliyatli mutaxassis, juda bilimli va aqlli”, - dedi Pauell. FZX rahbari so‘zlariga ko‘ra, Nabiullina sanksiyalar Moskvaga ta’sir qilmasligi uchun hamma ishni qilishga tayyor.
"Biz deyarli hamma joyda sanksiyalar kiritdik, ammo ular yana ularning oldini olish uchun hamma narsani qilishmoqda", - deya qo‘shimcha qildi u.
Ma’lumot uchun, Vovan va Leksus muntazam ravishda mashhur odamlarga birovlar nomidan qo‘ng‘iroq qilib, muhim xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan voqealar yuzasidan ularning asl fikrini bilib olishga harakat qilishadi. Masalan, aprel oyida ular Ukrainaning sobiq rahbari Potr Poroshenko nomidan Fransiyaning sobiq prezidenti Fransua Ollandga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi mojaroni muhokama qilishgan edi.