TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Dushanbaga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar Chernoviskiy viloyati Miliyevo qishlog‘idagi Iov Pochayevskiy ibodatxonasiga o‘t qo‘ydi. Bu haqda Ukraina pravoslav cherkovi (UPCh) ma’lum qildi.
“Bu kecha tunda Vijniskiy tumanining eng chiroyli ibodatxonalaridan biri – Bukovinadagi Miliyevo qishlog‘idagi Iov Pochayevskiy ibodatxonasini yoqib yuborishdi”, - deyilgan xabarda.
Ibodatxona 2004-yilda ixtilofchi Kiyev patriarxati tarafdorlari tomonidan mahalliy cherkov egallab olingandan keyin ibodatxonaga qatnovchilarning kuchi bilan bunyod etilgandi.
So‘nggi yilda Ukraina hukumati UPChga qarshi mamlakat tarixidagi eng ko‘lamli ta’qibni boshladi. Uni go‘yoki Rossiya bilan aloqasi borligini vaj qilib, Ukrainaning turli mintaqalaridagi mahalliy hukumatlar UPCh faoliyatini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishdi, mamlakat parlamenti esa uni Ukrainada amalda taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqqan. Ayrim UPCh ruhoniylariga qarshi sanksiya kiritilgan, Ukraina Xavfsizlik xizmati ularga qarshi jinoiy ish ocha boshlagan.