Innoprom — 2023

Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

“Tatariston delegatsiyasining asosiy maqsadi – “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etish.
Sputnik
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Tatariston rahbari (raisi) Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Uni Toshkent aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev va Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov kutib oldi.
“Tatariston delegatsiyasining asosiy maqsadi – “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etish. Tadbirda respublikadan 70 taga yaqin kompaniya qatnashadi. Ko‘rgazma majmuasida Tatariston stendi tashkil etilgan”, - deyiladi Minnixanov matbuot xizmati xabarida.
Bundan tashqari, Rustam Minnixanov Qozon Federal universiteti Jizzax filialidagi yangi Tibbiyot ta’lim markaziga tashrif buyuradi, “Jizzax” texnoparki ochilishida qatnashadi. Tatariston rahbari tashrif doirasida qator rasmiy uchrashuvlar o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tatariston rahbari Rustam Minnixanov O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lishi xabar qilingan edi.
Toshkentda Innoprom ko‘rgazmasi