Innoprom — 2023

Krasnodar o‘lkasi va Andijon viloyati o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi

Imzolash Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili o‘rinbosari Igor Kaminin ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Krasnodar o‘lkasi va Andijon viloyati o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bitim “INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasining birinchi kuni doirasida xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish maqsadida tuzildi.
Hududlardan Krasnodar o‘lkasi gubernatori o‘rinbosari Aleksandr Ruppel va Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Botirjon Hamrayevlar imzolash marosimida ishtirok etdi.
Imzolash Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili o‘rinbosari Igor Kaminin ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
24-26 aprel kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” MKK maydonida uchinchi bor “INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.