Innoprom — 2023

“INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi boshlanmoqda

Ko‘rgazmada xalqaro sanoat kompaniyalari hamda MDH mamlakatlari ishlab chiqaruvchilari jamoaviy milliy stendlari bilan ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. 24-26 aprel kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” MKK maydonida uchinchi bor “INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
24 aprel kuni barcha mehmonlar uchun kirish bepul. Ko‘rgazmada xalqaro sanoat kompaniyalari hamda MDH mamlakatlari ishlab chiqaruvchilari jamoaviy milliy stendlari bilan ishtirok etadi.
Ochiq ekspozitsiya uchun alohida maydon ajratilgan bo‘lib, unda MDH davlatlarining yirik ishlab chiqaruvchilarining qishloq xo‘jaligi va transport texnikasi namunalari namoyish etiladi.
Tadbir dasturiga muvofiq 24-aprel kuni maxsus loyiha – INNOPROM universiteti bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistondagi talabalar va yosh mutaxassislar auditoriyasi uchun yetakchi universitetlar va sanoat kompaniyalari tomonidan tayyorlangan ma’ruzalar va seminarlar o‘tkaziladi.
Xalqaro ko‘rgazma doirasida uchrashuvlar va texnologik turlar ham rejalashtirilgan.