Mejdunarodnaya promishlennaya vistavka Innoprom-2022. Sentralnaya Aziya - Sputnik O‘zbekiston, 1920
Innoprom — 2023
Toshkentda 24-26 aprel kunlari “Innoprom. Markaziy Osiyo” — uchinchi xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda turli mamlakatlarning 300 dan ortiq kompaniyalari ishtirok etmoqda. Uch davlat o‘z milliy stendlari bilan ishtirok etmoqda: O‘zbekiston, Rossiya va Belarus.

“INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi boshlanmoqda

© Sputnik / Maksim BlinovNa Mejdunarodnoy promishlennoy vistavke "Innoprom-2022. Sentralnaya Aziya" v Tashkente.
Na Mejdunarodnoy promishlennoy vistavke Innoprom-2022. Sentralnaya Aziya v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2023
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazmada xalqaro sanoat kompaniyalari hamda MDH mamlakatlari ishlab chiqaruvchilari jamoaviy milliy stendlari bilan ishtirok etadi.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. 24-26 aprel kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” MKK maydonida uchinchi bor “INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
24 aprel kuni barcha mehmonlar uchun kirish bepul. Ko‘rgazmada xalqaro sanoat kompaniyalari hamda MDH mamlakatlari ishlab chiqaruvchilari jamoaviy milliy stendlari bilan ishtirok etadi.
Ochiq ekspozitsiya uchun alohida maydon ajratilgan bo‘lib, unda MDH davlatlarining yirik ishlab chiqaruvchilarining qishloq xo‘jaligi va transport texnikasi namunalari namoyish etiladi.
Tadbir dasturiga muvofiq 24-aprel kuni maxsus loyiha – INNOPROM universiteti bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistondagi talabalar va yosh mutaxassislar auditoriyasi uchun yetakchi universitetlar va sanoat kompaniyalari tomonidan tayyorlangan ma’ruzalar va seminarlar o‘tkaziladi.
Xalqaro ko‘rgazma doirasida uchrashuvlar va texnologik turlar ham rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0