TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Ozarbayjonning Boku shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Har ikki medalni Taxmina Ikromova O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga taqdim qildi. Sportchi qiziqarli bahslar davomida to‘p va tasmadagi mashqlarda shohsupaga ko‘tarildi.
To‘p:
Darya Varfolomeyev (Germaniya) – 33,150;
Yeva Brezaliyeva (Bolgariya) – 32,950;
Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 31,800.
Tasma:
Stiliana Nikolova (Bolgariya) – 31,300;
Yeva Brezaliyeva (Bolgariya) – 31,100;
Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 30,950.